category

Yangiliklar

Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ko‘hna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning chora-tadbirlar rejasi 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-sentyabr kuni Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ko‘xna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida Markazda mehnat qilayotgan 40 nafardan ortiq xotin-qizlar qadimiy Samarqand shahrining tarixiy joylari, jumladan Go‘ri Amir, Shohi zinda, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni kabi muqaddas qadamjolari, hazrati Xizr masjidi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etirilishi rejalashtirilmoqda.   

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 20-sen, 2023

Oʼquv kurslarining II-2023 guruhida yakuniy imtihonlar boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 25 avgust sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining II-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi.  Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.   

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 28-avg, 2023

Markazda II-2023-sonli oʼquv kurs tinglovchilari navbatdagi amaliy mashgʼulotlarda ishtirok etdilar

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslari tinglovchilari navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda qatnashdilar. Joriy yilning 16 avgust kuni II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan laboratoriyada tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra, navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.  Ushbu mashg'ulotlar jarayonida Markazning malakali mutaxassislari D.Nizamov va U.Xasanov guruh tinglovchilariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va havfsizligini aniqlash hamda sertifikаtlаshtirish bo'yicha ma'lumotlar berib o'tidilar.  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 16-avg, 2023

"Real Tex" MChJda navbatdagi amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing"  kurslarining II-2023 guruhi joriy yilning 11 avgust sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda, tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va F. Azizxo'djaeva olib bordilar. Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 14-avg, 2023

“Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi oʼquv-amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi

Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida oʼquv-amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi. Joriy yilning 9-10 avgust kunlari II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan paxta laboratoriyasida navbatdagi oʼquv-amaliy mashgʼulotlarda ishtirok etdilar. Ushbu mashgʼulotlar jarayonida mutaxassis xodimlar tarafidan guruh tinglovchilariga laboratoriya sharoitlarida paxta mahsulotlarini sinash va sifatini aniqlash boʼyicha maʼlumotlar berib oʼtildi.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 11-avg, 2023

Paxta hosildorligi va tola sifatini oshirish yuzasidan tajriba maydonga ekilgan gʼoʼza navlari ustida aprobatsiya tadbiri oʼtkazildi

Urug‘lik maqsadlarida ekilgan g‘o‘za navlarining navdorlik darajasini aniqlash maqsadida 2023-yilda “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari sifatini baxolash markazi” DMning dala tajriba maydonida joriy yilda jami 224 ta, shundan urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzori avlodidan 40 ta, elita avlodidan 80 ta va 1-avlodli urug‘lik chigit namunalaridan 104 ta ekilib, yuqori agrotexnik tadbirlar o‘tkazilib parvarish qilindi. Batafsil video rolik orqali tanishishingiz mumkin

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 10-avg, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish