Contacts
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya”ning chora-tadbirlar rejasi 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-sentyabr kuni Markazda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun ko‘xna Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida Markazda mehnat qilayotgan 40 nafardan ortiq xotin-qizlar qadimiy Samarqand shahrining tarixiy joylari, jumladan Go‘ri Amir, Shohi zinda, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Registon maydoni kabi muqaddas qadamjolari, hazrati Xizr masjidi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etirilishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yilning 25 avgust sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining II-2023-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi. Ushbu imtihonlar Markaz va "O'zagroinspeksiya"ning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslari tinglovchilari navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda qatnashdilar.
Joriy yilning 16 avgust kuni II-2023-sonli guruhi tinglovchilari Markazning Qibray tumanida joylashgan laboratoriyada tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra, navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.
Ushbu mashg'ulotlar jarayonida Markazning malakali mutaxassislari D.Nizamov va U.Xasanov guruh tinglovchilariga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va havfsizligini aniqlash hamda sertifikаtlаshtirish bo'yicha ma'lumotlar berib o'tidilar.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi”da “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kurslarida navbatdagi o'quv-amaliy mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.
Markazning "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" kurslarining II-2023 guruhi joriy yilning 11 avgust sanasida "Real TEX Tashkent" MChJda, tasdiqlangan o‘quv-tematik rejaga ko‘ra amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlarni Markazning malakali mutaxassislari O.Miraxmedov va F. Azizxo'djaeva olib bordilar. Mashg‘ulotlar jarayonida paxta tolasini qayta ishlash bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.
Агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси қошидаги “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари сифатини баҳолаш маркази”да “Пахта толасини классификациялаш, сертификатлаш ва маркетинг” курсларида ўқув-амалий машғулотлар бўлиб ўтди.
Жорий йилнинг 9-10 август кунлари II-2023-сонли гуруҳи тингловчилари Марказнинг Қибрай туманида жойлашган пахта лабораториясида навбатдаги ўқув-амалий машғулотларда иштирок этдилар. Ушбу машғулотлар жараёнида мутахассис ходимлар тарафидан гуруҳ тингловчиларига лаборатория шароитларида пахта маҳсулотларини синаш ва сифатини аниқлаш бўйича маълумотлар бериб ўтилди.
Urug‘lik maqsadlarida ekilgan g‘o‘za navlarining navdorlik darajasini aniqlash maqsadida 2023-yilda “Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari sifatini baxolash markazi” DMning dala tajriba maydonida joriy yilda jami 224 ta, shundan urug‘ ko‘paytirish ko‘chatzori avlodidan 40 ta, elita avlodidan 80 ta va 1-avlodli urug‘lik chigit namunalaridan 104 ta ekilib, yuqori agrotexnik tadbirlar o‘tkazilib parvarish qilindi.
Batafsil video rolik orqali tanishishingiz mumkin
Poll
Contacts
Contact form