category

Yangiliklar

Markazda "Kasbiy ma'rifat" soatlari o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda "O'zagroinspeksiya"ning tegishli buyruqlariga asosan xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha Vazirlik tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Xukumatining qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ xuquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida, hamda sohaga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar", "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, erishilgan natijalar va istiqbolli vazifalar to‘g‘risida", "Dorivor o‘simliklar yetishtirish sohasiga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar" hamda "Respublikada g‘allachilikni rivojlantirishga oid 2021-2022-yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar mohiyati, amalga oshirilgan natijalar va galdagi vazifalar to‘g‘risida" mavzularida videodarsliklar asosida "Kasbiy ma’rifat" soatlari o‘tkazilib, Markaz xodim va mutaxassislari ushbu mavzularni to‘liq o‘zlashtirishi ta'minlanmoqda.            

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 10-apr, 2023

Markazda favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʼyicha seminarlar davom etmoqda

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha Hukumat komissiyasi yigʼilishining 2023-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 7 aprel kuni Markaziy apparat va don yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.  Seminarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish, oʼt oʼchirish anjomlaridan toʼgʼri foydalanish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtildi.      

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 7-apr, 2023

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha seminarlar davom etmoqda

Xabaringiz bor, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha Hukumat komissiyasi yigʼilishining 2022-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtgandi.  Ushbu mavzudagi seminar Markazning paxta yo'nalishida ham joriy yilning 4 aprel sanasida o'tkazilib, tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib bordi. Seminarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtildi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 4-apr, 2023

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha seminar boʼlib oʼtdi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyichra Hukumat komissiyasi yigʼilishining 202Z-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.  Ushbu tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib borib, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtdi.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 30-mar, 2023

Markazda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha vebinar boʼlib oʼtdi

Xodimlarning kasbiy madaniyati, odob-axloqi, korrupsiyaga murosasiz munosabatda boʻlish kayfiyatini shakllantirish hamda Inspeksiya boshligʻining tegishli topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13 mart sanasida Markazda "Korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslari, siyosatning asosiy yoʻnalishlari” mavzusi boʻyicha oʻquv-vebinari boʻlib oʻtdi. Ushbu vebinarda Markaz rahbariyati, boʻlim boshliqlari hamda hududiy filiallar rahbarlari ishtirok etdilar. Mazkur oʻquv-vebinarini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mas’ul xodimi Ravshan Yuldashev olib bordi va tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekistonning xalqaro indekslardagi oʻrni, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va ularning oldini olish boʻyicha tavsiyalar, shuningdek, davlat tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat xizmatlarining tutgan oʻrni boʻyicha asosiy tushunchalar boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.        

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 13-mar, 2023

Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

"Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi" davlat unitar korxonasi barcha ayollarni 8 mart - Halqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi! Baxt, omad, farovonlik va baxoriy kayfiyat doimo hamrohingiz boʼlsin!  

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 8-mar, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish