Aloqa
Markazning paxtachilik yoʼnalishi tomonidan pahta mahsulotlarini sifat koʼrsatkichlarini aniqlash, sertifikatlashtirish boʼyicha quyidagi xizmatlar koʼrsatiladi.
Sertifikatlashtirish ishlari boʼyicha
Buyurtmachilarning sertifikatlashtirish yuzasidan bergan arizalariga asosan, 2023 yilning 11 oyida jami Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyat filiallari tomonidan jami 205 864 tonna paxta tolasi sifat, 25 344 tonna paxta momigʼi, 647 251 tonna texnik chigit sertifikatlandi.
Bundan tashqari, Respublika yogʼ-moy korxonalarida tashkil etilgan chigit sinov laboratoriyalaridagi YaMR-analizatorlari yordamida 199 083 tonna texnik chigit yogʼdorligi aniqlanib, belgilangan tartibda sinov bayonnomalari rasmiylashtirilib berildi.
Qoʼshimcha ishlar boʼyicha
Bugungi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi xuzuridagi “Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi” qoshidagi “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baxolash markazi” davlat muassasi standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan Respublika paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarini nav va sinf koʼrsatkichlarini organaliptik usulda aniqlash uchun tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlash va yetkazib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Standart namunalar tayyorlash boʼlimi tomonidan 2023 yilning 11 oyida 30 ta komplekt paxta tolasi, 10 ta komplekt paxta momigʼi, 98 ta komplekt texnik chigit va 2 ta komplekt toʼshakbob momiqlarning tashqi koʼrinish standart namunalari laboratoriyalariga yetkazib berildi.
Bundan tashkari Paxta-toʼqmachilik klasterlari va xorijiy korxonalarning murojatlariga asosan 2 ta komplekt paxta tolasi hamda 6 ta komplekt texnik chigit tashqi koʼrinish standart namunalari tayyorlab berildi.
“Yashil Makon” umummilliy loyihasi hamda 25-oktabrdan 1-dekabrga qadar mamlakatimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinganligi doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, daraxt-ko’chat ekish, qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, shuningdek ularning mahsuldorligini oshirish maqsadida, Markazning hududiy filiallarida daraxt ko’chatlarini ekish ishlari olib borildi.
Ushbu tadbirda viloyat filiallari boshliqlari xamda mutaxassislar faol ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekdilar.
Shuningdek, viloyat filiallari tasarrufidagi yеrlarda mavjud daraxtlarni parvarishlash borasida daraxtlarning singan shox-shabbalarini kesish, butalash va to’kilgan barglarni yig’ishtirib olish ishlari amalga oshirildi.
Joriy yilning 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida, O‘zbekiston “Adolat” Sotsial Demokratik partiyasidan rais o‘rinbosari A. Raxmonov, Mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i F.Ziyayev va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi R.Yo‘ldoshev qatorida Markaz rahbariyati, boshqarma va bo'lim boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etdilar.
Tadbirni Inspeksiya boshlig‘i A.Vaxabov ochib berib, - bugungi kunda korrupsiya butun dunyo kurashayotgan va hal etilishi lozim bo‘lgan muammolardan biri ekanligi va ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy to‘siqligi haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, tadbir ekspertlari - Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosiga bag‘ishlangan Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, aholining keng qatlami, ayniqsa yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlash, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirish to‘g‘risida davra suhbatlarini olib bordilar.
Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob oldilar.
“Yashil Makon” umummilliy loyihasi hamda 25-oktabrdan 1-dekabrga qadar mamlakatimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinganligi doirasida ekologik vaziyatni yaxshilash, daraxt-ko’chat ekish, qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, shuningdek ularning mahsuldorligini oshirish maqsadida, joriy yilning 27-noyabr kuni Markazning Qibray tumanida joylashgan hududida daraxt ko’chatlarini ekish ishlari olib borildi.
Ushbu tadbirda Markaz rahbariyati, bo’lim boshliqlari xamda mutaxassislar faol ishtirok etib, mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekdilar.
Shuningdek, Markaz tasarrufidagi еrlarda mavjud daraxtlarni parvarishlash borasida daraxtlarning singan shox-shabbalarini kesish, butalash va to’kilgan barglarni yig’ishtirib olish ishlari amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida O'zbekiston-Koreya o'quv-amaliy to'qimachilik texnoparkida 2023-yil 28-nоуаbr kuni "Soha kоrхоnаlаri uchun yuqоri malakali kаdrlаr tayyorlashda dual ta'limning о'rni hamda fаn, ta'lim, ishlab chiqarish klаstеrlаrini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar" mavzusida хаlqаrо ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.
Ushbu tadbirda Markaz direktori J.Karimov va direktorning birinchi o'rinbosari S.Sadullayevlar ishtirok etdilar. Xаlqаrо ilmiy-amaliy anjuman davomida “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Markazning urugʼchilik yoʼnalishi tomonidan qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼ (koʼchat)larini navdorlik va ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash, sertifikatlashtirish boʼyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Sertifikatlashtirish ishlari boʼyicha:
Buyurtmachilarning sertifikatlashtirish yuzasidan bergan arizalariga asosan, 2023 yilning yanvar - noyabr davrida jami 354 537 tonna urugʼlar va 164 000 dona koʼchatlar sertifikatlashtirilgan, shuningdek, 5 918 tonna urugʼlik donlarning saqlash davridagi ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha sinovlardan oʼtkazilib xulosalar berilgan. Jumladan,
- urugʼlik chigit 56 128 tonna;
- urugʼlik soya 11 821 tonna;
- urugʼlik kartoshka 7 958 tonna;
- urugʼlik bugʼdoy 278 136 tonna;
- urugʼlik sholi 276,5 tonna;
- urugʼlik makkajoʼxori 187,5 tonna;
- urugʼlik kungaboqar 6,7 tonna;
- urugʼlik arpa, beda, mosh, noʼxot, piyoz, shirin qalampir va tamaki urugʼlari jami 23 tonna;
- atirgul, uzum va gilos koʼchatlari jami 164 000 donani tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish sinov natijalariga koʼra, jami 347 926 tonna urugʼliklar yaroqli deb topilib sertifikatlashtirilgan hamda 6 611 tonna urugʼliklar sifat koʼrsatkichlari boʼyicha standart talablariga javob bermaganligi sababli, nomuvofiq deb topilgan va buyurtmachilarga nomuvofiqligi toʼgʼrisida rasmiylashtirilgan tahlil natijalari xabarnoma orqali taqdim qilingan.
Shuningdek, 2024 yil hosili uchun tayyorlangan urugʼlik donlarni ekinboplik sifat koʼrsatkichlarini aniqlash jarayonlarida baholash natijalari boʼyicha jami 9 281 tonna sifatsiz tayyorlangan urugʼlik donlarni qoʼshimcha ravishda qayta tozalash va saralash ishlari amalga oshirilib, sifati past boʼlgan urugʼlik donlarni ekishga realizatsiya qilinishi oldi olindi.
Qoʼshimcha ishlar boʼyicha:
Qoʼshimcha xizmatlardan 2022 yil hosilidan 57 789 tonna urugʼlik paxtani qayta ishlash davrida har 2 soatda ekinboplik sinovlari, 30 726 tonna urugʼlik chigitlarni dorilash jarayonlarida har 2 soatda ekinboplik sinovlari hamda 111 877 tonna urugʼlik paxta gʼaramlarining dastlabki prognoz tahlillari oʼtkazildi.
Markazning dala tajriba maydonining 3 gektariga Respublikada yetishtirilgan bugʼdoy navlaridan 330 ta nav namunalari ekilib parvarish qilingan hamda vazirlik va idoralararo tuzilgan komissiya tomonidan ushbu nav namunalari aprobatsiya koʼrigidan oʼtkazilib, olingan xulosalar yuqori tashkilotlarga taqdim etilgan.
Shuningdek, 2023 yilning 5 avgust sanasida dala tajriba maydonining keyingi 3 gektariga Respublikada yetishtirilgan gʼoʼza navlarining yuqori avlodli 224 ta nav namunalari ekilib parvarish qilingan boʼlib, idoralararo tuzilgan ishchi komissiya tomonidan ushbu nav namunalari aprobatsiya koʼrigidan oʼtkazildi va baholash natijalari boʼyicha xulosalar yuqori tashkilotlarga taqdim etildi.
Respublikada jamgʼarilgan 246 800 tonna urugʼlik don materiallarining yashovchanligini aniqlash xizmatlari koʼrsatilgan.
Hozirgi kunda, Markaziy urugʼchilik laboratoriyasi tomonidan “in-vitro” meva koʼchatlari, sitrus meva koʼchatlari, choy koʼchatlari, uzum qalamchalari, dorivor ekinlar urugʼlari, urugʼ va danakli meva koʼchatlarining urugʼlari, manzarali va oʼrmon daraxtlari va butalarining sifat koʼrsatkichlarini aniqlash faoliyati boʼyicha akkreditatsiya doirasini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish