category

Yangiliklar

AQSh tajribasi O‘zbekistonda qo‘llaniladi

Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib turibdi. Vazirlik mutasaddilarining tashrif maqsadi aniq,  paxtachilik va urug‘chilik sohasida tajriba almashish, mamlakatimizda xorij tajribasi asosida zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish. Delegatsiya a’zolari tashrifning ilk kunida AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti (vazirligi) va O‘simlik va hayvonot sog‘lig‘i inspeksiyasi xizmati ‘APHIS’ vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida Amerikada paxta yetishtirish va uni qayta ishlash sohalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar, sohadagi so‘nggi tajribalar va texnologiyalar, jumladan, mazkur yo‘nalishda eksport va import imkoniyatlarini kengaytirish uchun hamda urug‘, o‘simlik va tayyor mahsulotlarning tabiiy zararkunandalar, pestitsid va boshqa xavflardan himoya qilishga qaratilgan texnologiyalar, fumigatsiya amaliyoti, muammolar o‘chog‘ini yo‘q qilish usullari namoyish etildi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, Amerika tajribasi asosida mazkur texnologiyalarni O‘zbekistonda ham joriy etish va bu borada maxsus treninglar o‘tkazish masalasi o‘rtaga tashlandi. Ushbu taklif amerikalik agrar soha vakillari tomonidan ijobiy baholanib, hamkorlikni kengaytirish hamda kelgusida tashabbuslarni o‘z ichiga olgan hujjatni imzolashga kelishib olindi. Shu bilan birga, AQSH tomonidan paxtachilik sohasidagi yetakchi shtatlaridan biri bo‘lmish Texasda paxta va paxta urug‘chiligi sohasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishtirish uchun amaliy yordam berilishiga kelishib olindi. Qayd etish joizki, delegatsiya tarkibida Markazning paxta yo'nalishining tajribali mutaxassisi Jahongir Po'latov ham ishtirok etmoqda.   Manba: agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 28-yan, 2024

Paxtachilikda urug‘chilik tizimi rivojlantirish muhim masala

Joriy yilning 20-yanvar kuni Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS)da Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-dekabrdagi “Paxtachilikda urugʼchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391 - sonli qarorining ijrosiga qaratilgan davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda soha olimlari, agroklasterlar vakillari, fermerlar, xususiy urugʼchilik kompaniya vakillari va mutaxasislar qatorida "Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" direktori J.Karimov ishtirok etdi. Suhbat davomida, mazkur qarorda keltirilgan bandlar ijrosini taʼminlash, bu borada sohada olib borilayotgan islohotlar, yuqori hosildor xorijiy gʼoʼza navlari va duragaylarini mamlakatimizga olib kirish hamda paxta-toʼqimachilik klasterlari va fermer xoʼjaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Oʼz navbatida, xorijdan yuqori hosildor xorijiy gʼoʼza navlari va duragaylarini olib kirish hamda parvarishlashda har bir navga xos boʼlgan yuqori samarador agrotexnologiyalarni qoʼllash, paxta-toʼqimachilik klasterlari va fermer xoʼjaliklari tomonidan gʼoʼza navlarini joylashtirishda kafolatlangan urugʼ taʼminotiga muvofiq erkinlik berilishi masalalari eʼtibor qaratish lozimligini qayd etildi. Shuningdek, qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va zamonaviy taraqqiyotning yangi qirralarini oʼzlashtirishga xizmat qiladi.           Manba: agro.uz

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 21-yan, 2024

Markazda edo.ijro.uz tizimida ishlash boʼyicha oʼquv seminari boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 11-yanvar kuni Zoom platformasi orqali markaziy apparat va hududiy fililallar xodimlari uchun "edo.ijro.uz" ijro intizomi yagona elektron tizimidan samarali foydalanish, xodimlarning malakasini oshirish, tizimda yo‘lga qo‘yilgan yangi jarayonlarni keng tushuntirish maqsadida Devonxona va murojaatlar bilan ishlash sho'basi tomonidan amaliy o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda tizim operatori “Unicon-soft” MChJ xodimi  ishtirok etib, seminar qatnashchilariga "edo.ijro.uz" ijro intizomi yagona elektron tizimida hujjatlar bilan ishlash va topshiriqlarni bajarish bo'yicha batafsil ma'lumot berib o‘tdi.    

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 11-yan, 2024

Markazning Qoraqalpog'iston Respublikasi filialida yangidan barpo etilgan laboratoriyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugungi kunda, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi “Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi  tomonidan Respublikamizda mahalliy yetishtiriladigan va xorijdan kirib keladigan urug‘liklarni tezkor va yuqori aniqlikda ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan hududiy laboratoriya yangidan barpo etildi. Bugun ushbu maskanning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining boshlig‘i Farxod Ermanov hamda bir qator soha rahbarlari ishtirok etishdi. Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lar hisobiga laboratoriya eng so‘nggi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, modernizatsiya qilindi va natijada o‘tkaziladigan sinovlarda ish samaradorligi va tezkorligi oshishiga hamda inson omilini keskin kamayishiga olib keldi.  Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘lik bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda urug‘liklarni yetishtirish, jamg‘arish, saqlash, qayta ishlash va ekish uchun realizatsiya qilish jarayonlarida urug‘liklarni sifatini taʼminlashga hamda sifati past urug‘liklarni ekilib ketishining oldi olinmoqda. Bugungi kunda, mazkur Laboratoriya tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikadagi mavjud Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta mahsulotlari, yaʼni paxta tolasi, paxta momig‘i va paxta texnik chigitini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, texnik chigitning yog‘dorlik ko‘rsatkichini aniqlash, ularga hujjatlar rasmiylashtirish hamda ishlab chiqarilayotgan paxta toylari vaznini o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini zamonaviy HVI tizimida aniqlash jarayonida birgina tolaning 14 ta sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi.              

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 22-dek, 2023

Mutaxassislarni tayyorlash o‘quv kurslari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida

  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining mutaxassislar tayyorlash o‘quv kurslari tomonidan, agrosanoat sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va korxona rahbar hodimlarini malakasini hamda bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida maxsus o‘quv kurslari tashkil etilgan.  Ushbu o‘quv kurslarida ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan KMO 0301-sonli litsenziya, 030171-sonli tasdiqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ta’lim berish bo‘yicha quyidagi yo’nalishlar bo’yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda: - Paxta tolasini va paxta mahsulotlarini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketingi; - O‘zbekiston Respublikasi hududida g‘alla qabul qilish va g‘allani qayta ishlash korxonalarida don va don mahsulotlarini qabul qilish tartiblari; - Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi; - HVI tizimini texnik ko‘rigidan o‘tkazish (HVI texniklari uchun); - Axborot-kommunikatsiya tarmog‘i mutaxassislarini qayta tayyorlash; - Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan  joriy yilning mart oyida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish uchun Markazning rahbar va mutaxassislar malaka oshirishida va maxsus sertifikatlar olishda o'quv kurslari tomonidan tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Joriy yilda jami 17 nafar tinglovchi "Paxta tolasini va paxta mahsulotlarini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketingi" kursida o’z malakalarini oshirdi.  Shundan 5 nafar tinglovchi Markaz va xududiy filiallar mutaxassislari, 4 nafar tinglovchi qo‘shni davlatlardan (Tojikiston va Qozog‘iston), 8 nafar tinglovchi esa paxta-to‘qimachilik klaster mutaxassislari bo‘lib, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, yakunda belgilangan namunadagi xalqaro darajadagi sertifikatlar taqdim etildi.   Xisobot davrida jami 35 mln so‘m va 5,4 ming AQSh dollari miqdoridagi xizmatlar o‘quv kurslari tomonidan ko’rsatildi.          

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 20-dek, 2023

Teatr - tarbiya maskani

Markaz xodimlarning ishdan keyingi vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari, madaniy xordiq olishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida, 2023-yil 14-dekabr kuni oila a'zolari bilan birgalikda O‘zbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy drama spektakliga tashrif uyushtirildi.                

Posted in "Yangiliklar"
Published by agroxizmat on 15-dek, 2023

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish