category

News

Markazda xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Joriy yilning 31-iyul kuni "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasining markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga Germaniya Federativ Respublikasining GIZ xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi dastur boshqaruvchisi Beate Schoreit boshchiligidagi bir qator vakillar tashrif buyurishdi. Uchrashuvda, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va tajriba almashish maqsadida, ikki tomon o‘rtasida mutaxassislarni almashinuvi yo‘lga qo‘yish borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.          

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 1-avg, 2024

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi yo‘nalishida yangi loyiha amalga oshiriladi

Joriy yilning 18 iyul kuni "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash" davlat muassasasining markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga Turkiya davlatining O‘zbekistondagi elchixonasining Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Burhan Demirok tashrif buyurdi. Tashrif davomida, Burhan Demirok Markaz faoliyati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va xavfsizligini aniqlash, paxta tolasi va momig‘ini sinovdan o‘tkazish hamda don va don mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.          

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 19-iyl, 2024

Oʼquv kurslarining I-2024 guruhida yakuniy imtihonlar boʼlib oʼtdi

Joriy yilning 5-iyul sanasida "Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlashtirish va marketing" oʼquv kurslarining I-2024-sonli guruhida yakuniy imtihonlar bo'lib o'tdi.  Ushbu imtihonlar Markazning tajribali mutaxassislari tomonidan o'tkazilib, yakunda kurs tinglovchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 8-iyl, 2024

2-iyul O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning tarixiy xotirasi, buguni, kelajagi, orzu-umidlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir. Davlatimiz gerbi 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqdangan. Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan. Unda tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa milliy boyligimiz paxta chanoqlari qiyg‘os ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarakka o‘ralganligi hamda gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turishi aks ettirilgan.    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 2-iyl, 2024

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Markazda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” hamda sport musobaqasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini tashkil etish hamda 30-iyun “Yoshlar kuni”ni munosib nishonlash maqsadida joriy yilning 28-iyun kuni Markazda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” hamda “Sog‘lom turmush – buyuk kelajak” shiori ostida sport musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan xodimlar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 28-iyn, 2024

"REALTEKS Tashkent" MChJda amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi “Paxta tolasini klassifikatsiyalash, sertifikatlash va marketing” kursi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bugungi kunda 1-2024 sonli o‘quv kursida 4 kishidan iborat tinglovchilar tahsil olmoqda. Ushbu kurs tinglovchilari uchun tasdiqlangan o‘quv tematikaga asosan, to‘qimachilik korxonalarning texnologik jarayoni o‘rganish va amalda tanishish o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari kiritilgan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 26 iyun kuni "REALTEKS Tashkent" MChJda Markazning tajribali mutaxassisi O. Miraxmedov boshchiligida amaliy mashgʼulotlar boʼlib oʼtdi.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 27-iyn, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form