category

News

Turkiya un sanoati federatsiyasi–(TUSAF) tomonidan Turkiyaning Antaliya shahrida joriy yilning 13–16-fevral kunlari “Barqaror kelajak” nomidagi XIX-Xalqaro kongressi bo‘lib o‘thttps://www.agroxizmat.uz/admin/post/update/234#oz-OZdi

Kongressda, un, makaron va yem ishlab chiqaruvchilar, ularni yetkazib beruvchilar, un tegirmon uskunalari va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar korxonalar rahbarlari va mutaxassislari, 1300 dan ortiq milliy, 40 nafar xalqaro delegatlar, 500 dan ortiq kompaniyalar va 1000 dan ortiq yirik tashkilot vakillari, jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va "Qishloq xoʼjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DM xodimlaridan iborat 4 nafar mutaxassislari ishtirok etishdi.  "Oʼzagroinspeksiya" mutaxassislari tomonidan Kongress ishtirokchilariga Oʼzbekiston Respublikasida don va un sohasidagi islohotlar va qilingan ishlar yuzasidan maʼlumotlar bilan ulashildi. Shu bilan birga don va uni qayta ishlash sohasidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishildi. "Oʼzagroinspeksiya" delegatlari tomonidan mazkur Kongress davomida don va don mahsulotlarini kleykovina va nonvoyboplik sifatini oshirish va eksport bob mahsulot ishlab chiqarish boʼyicha innovatsion texnologiyalar bilan tanishishga erishildi.             

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 20-fev, 2025

Markazda oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish hamda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi

Joriy yilning 18-fevral kuni “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boyicha PQ-401 sonli Qarori jrosini ta’minlash bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni Markazning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot raisi S. Usmonova olib bordi. Mamlakatimiz fuqarolarining katta qismini yoshlar va xotin-qizlar tashkil etadi. Aholining 49,7 foizi hamda mehnat resurslarining 45 foizi ayollar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Demak, yurtimizdagi ijtimoiy masalalarning aksariyati ular hayoti bilan chambarchas bog'liq. Suhbat dаvomida xayotda insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi. ta’kidlab o’tildi. Yig‘ilish davomida hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikga, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi haqida so’z olib bordilar. Davra suhbatida ayollardan turli xil savol javoblar va qiziqarli fikr va mulohazalar bildirildi.          

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 19-fev, 2025

Markazda Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari tinglandi

2025-yil 12-fevral kuni "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini baholash markazi" davlat muassasasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-2025 yillar mobaynidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.  Hisobot-saylov yig‘ilishida kasaba uyushmasi qo‘mitasi va taftish komissiyasi raislarining hisobotlari tinglandi. Shundan so‘ng,  kasaba uyushmasi qo‘mitasi Raisi, tarkibi va taftish komissiyasi, markaziy apparat hamda hududiy viloyat filiallari xodimlari ishtirokida ochiq ovoz berish yo‘li orqali saylandi.            

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 12-fev, 2025

O'zbekiston–Avstraliya: paxtachilik, g‘allachilikda yangi navlar seleksiyasi va urug‘chiligi o‘rganilmoqda

Shu kunlarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi direktori J. Karimov agrar soha olimlaridan iborat delegatsiyasi bilan Avstraliya mamlakatida bo'lib turibdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Brisben shahrida joylashgan “Barenbrug” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, paxtachilik va g‘allachilikda navlarning seleksiyasi va urug‘chiligi, genetik modifikatsiyalangan g‘o‘za navlarini yaratish, shuningdek, urug‘ еtishtirishdagi ilg‘or innovatsion texnologiyalarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Gundivindi va Narrabri shahrida joylashgan “G‘allachilik ilmiy-tadqiqot instituti, McIntyre Downs, Proclass, SMK, Corish, Goanna Ag, Hayes Spraying Wee Waa, Cotton Australia va Cotton Research & Development Corporation (CRDC)” kompaniyalarida uchrashuv va muzokaralar olib bordi. Ushbu kompaniyalarning vakillari tomonidan, g‘o‘za urug‘chiligi, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirilish tizimi, agrokimyo (o‘g‘itlash qo‘llash jarayonlari), kasallik va zarrakunandalarga qarshi kurash, rentabellik darajalari bo‘yicha bir qator ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tildi.              

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 24-yan, 2025

EU-AGRIN - qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar-trening yakuniga etti

Joriy yilning 23-yanvar kuni “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlaydigan xizmat ko‘rsatuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha tashkil etilgan seminar-trening o'z yakuniga еtti. Ushbu seminarda Markaz mutaxassislari ishtirok etib, sertfikatlar bilan taqdirlandilar.                    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 23-yan, 2025

Markaz xodimlari seminar-treningda ishtirok etdilar

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, loyiha doirasida Qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlaydigan xizmat ko‘rsatuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 2 kunlik seminar trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning 22-yanvar kuni Markaz mutaxassislari ushbu seminarda ishtirok etdilar.      

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 22-yan, 2025

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form