category

News

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash yo‘nalishida Fransiya davlati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda

Ayni kunlarda Fransiya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat barqarorligi vazirligi huzuridagi “SEMAE – Fransiya o‘simliklar va urug‘liklar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan keng tarmoqli tashkiloti” taklifiga binoan «Ozagroinspeksiya» mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari laboratoriyalarini modernizatsiya qilish uchun grand mablag‘larini jalb etish maqsadida Fransiyada bo‘lib turibdi. Tashrif davomida mutaxassislar OESD – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Fransiya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat barqarorligi vazirligi, SOS – Sifat va nazorat departamenti, OSDE – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, SISASOV – Fransiya o‘simlik navlarini yaratuvchilarning intellektual mulk huquqlarini boshqarish tashkiloti, OSVV – Yevropa Ittifoqi agentligi (O‘simliklar navlari huquqlarining Yevropa Ittifoqi tizimi), GEVES – O‘simliklar navlarini baholash va urug‘lik sinovlari tashkiloti, kartoshka va makkajo‘xori urug‘chilik sektorlari (urug‘lik kompaniyalari va ularning laboratoriyalari) vakillari bilan uchrashib, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish doirasida ajratiladigan grand mablag‘lari qiymati va urug‘liklarni sertifikatlashtirishga oid masalalarda muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, tashrif doirasida sohani rivojlantirish va innovatsion g‘oyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 21-yan, 2025

“Galaba bog’i” ga tashrif amalga oshirildi

  14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati bilan Markaz xodimlari G'alaba bog'iga tashrif buyurdilar          

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 16-yan, 2025

Markazda USAID-AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi vakili bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 13-yanvar kuni "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasining markaziy laboratoriyasida markaz mutaxassislari ishtirokida USAID-AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi vakili Kathleen Doherty bilan uchrashuv va muzokaralar olib borildi.  “USAID agentligi” tomonidan istiqbolda rejalashtirilgan yangi loyihani shakllantirish yuzasidan o’tkazilgan uchrashuvda Markaz laboratoriyasidagi sinov jarayonlari va sohada olib borilayotgan islohatlar bilan yaqindan tanishtirilib, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.            

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 15-yan, 2025

8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Joriy yilning 4-dekabirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi binosida “8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” hamda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni ” munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda “Adolat” sotsial- demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparati tarkibiy tarmoq rahbarlari va xodimlari, Markaz rahbariyati, boshqarma va bo’lim boshliqlari filiallaar boshliqlari va xodimlari ham “Zoom platformasi” orqali ishtirok etdilar. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va keyingi rejalashtirilgan choralar haqida ma’lumotlar taqdim etildi va O‘zbekistonning yangilangan qonunlari, korrupsiyani oldini olish, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida erishilgan yutuqlar va olib borilayotgan hamkorliklarning natijalari o‘laroq faol ishtirok etgan rahbar-xodimlarga “Adolat” sotsial- demokratik partiyasining ko‘krak nishoni va tashakkurnomalari taqdim etildi.            

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 4-dek, 2024

Markaz rahbariyati qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro seminarda ishtirok etmoqda

Ayni paytda poytaxtimizdagi "International hotel Tashkent" mehmonxonasida qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro seminar o‘tkazilmoqda.  Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli departamenti va boshqarmalari boshliqlari, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ullari, Markaz rahbariyati va mutaxassislari xamda xorijlik mehmonlar ishtirok etmoqda. Seminarda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda mexanizatsiyalashtirishning o‘rni, agrar sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishning afzalliklari, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.                  

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 28-noy, 2024

Markazda xalqaro ISTA qoidalari bo’yicha o’quv-treningi davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Turkiyaning “Tohumluk Tescil ve Sertifikasyon Merkez Müdürlüğü" tashkilotining mutaxassislari - Bülent Özturk va Selma Kurt tomonidan joriy yilning 25-noyabrdan 2-dekabrgacha xalqaro ISTA qoidalari bo’yicha rejalashtirilgan o’quv-treningini o’tkazilmoqda. Bugun 26-noyabr kuni ushbu o’quv-treningi davom ettirilib, ISO/IEC 17025 standarti «Yozuvlar - nazorat tartib-qoidasi, ichki audit tartib – qoidasi, tuzatish tadbirlari tartib – taomili, profilaktika harakatlari protsedurasi tamoyillari» bo’yicha nazariy mashg’ulotlar bo’lib o’tdi. Shuningdek, amaliy mashg’ulotlar doirasida Bülent Özturk va Selma Kurt tomonidan Markaziy urug’chilik laboratoriyasida bug‘doy, arpa, paxta, sabzavot va dukkakli ekinlarda diagnostika mezonlari hamda urug‘lik tahlillari yuzasidan mutaxassis hodimlarga batafsil ma’lumot berib o’tildi.              

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 26-noy, 2024

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form