category

News

Қишлоқ хўжалиги экинлари уруғликлари сифатини баҳолаш учун “Янги шаффоф тизим” жорий этилди!

    Ўзбекистонда уруғликлар сифатини баҳолашнинг янги тизими жорий этилади. Бу тизим орқали ҳар бир уруғлик қадоқлари рақамли QR-кодли ёрлиқлар билан таъминланади. Бу орқали уруғликлар ҳақидаги барча маълумотлар – нав тавсифномаси, навдорлик ва экинбоплик сифатлари, ишлаб чиқарувчи ва уруғлик ҳақидаги зарурий маълумотларни QR-код орқали бир зумда кўриш имконияти пайдо бўлади. Ўзбекистонда янги тизим доирасида уруғликларни сифатини баҳолаш бўйича “Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари сифатини баҳолаш маркази” ягона ваколатли ташкилот сифатида белгиланади. Янги тизим икки босқичли баҳолашни назарда тутади:  биринчи босқичда - уруғликларнинг навдорлик сифатларини баҳолаш;  иккинчи босқичда - уруғликларнинг экинбоплик сифатларини баҳолаш.  Бунда, уруғликдан фойдаланувчилар уруғлик харид қилганда рақамлиQR-кодли ёрлиқланган ва сифати кафолатланган бўлиши таъминланади. Эндиликда, барча деҳқон, фермер хўжаликлари ва томорқа ер эгалари учун маҳаллий ишлаб чиқарувчи ва импорт қилувчи субъектларнинг реестри, уруғликларнинг сифатларин баҳолаш натижалари рейтинги билан agroxizmat.uz расмий веб-сайт орқали танишиб бориш имконияти яратилади.   Халқаро тажрибага асосланиб, янги тизим доирасида ISTA ва OECD қоидалари бўйича меъёрий ҳужжатлар мослаштирилади.   Натижада, янги тизим жорий этилиши билан экспортбоп, юқори сифатли қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштиришни кўпайтириш ва озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашга эришилади.

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 9-iyl, 2025

ACTIVITIES OF QUALITY ASSESSMENT AND CERTIFICATION OF AGRICULTURAL PRODUCTS

“Center for Quality Assessment of Agricultural Products” under the Inspection for Supervision of the Agro-Industrial Complex under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan. ACTIVITIES OF QUALITY ASSESSMENT AND CERTIFICATION OF AGRICULTURAL PRODUCTS                                        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 18-iyn, 2025

Tajribali yuristlardan bepul huquqiy maslahat oling.

Tajribali yuristlardan bepul huquqiy maslahat oling. Oʼzingizni qiynayotgan va qiziqtirayotgan har qanday huquqiy sohada savollarga malakali yuristlardan bepul maslahat oling.    Savol berish uchun https://advice.uz/uz/offices (https://advice.uz/uz/offices) saytidagi "Huquqiy yordam kerakmi" panelidan (tugmasidan) foydalaning.  

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 22-may, 2025

Hashar - elga yarashar

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Shuning uchun ham xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratib kelingan. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Yurtimizda bayram, muhim sanalar oldidan umumxalq hayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi “ davlat muassasasi hamda uning xududiy filiallarida ham ana shunday an’ana – hashar amalga oshirilmoqda. Ushbu hashar erta tongdanoq uyushqoqlik bilan boshlandi. Xodimlar tomonidan hududdagi еrlar va binolar, xonalar, ariqlar shox-shabba va chiqindilardan tozalanib, daraxtlar oqlandi va ularga shakl berildi O‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mujassam etgan hamda hududni obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu hashar yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishida o‘ziga xos xayrli tadbir vazifasini o‘taydi.    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 15-mar, 2025

Markazda 8-mart bayrami bilan tadbir bo'lib o'tdi

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Markaz direktori J.Karimov tizimda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni nafosat bayrami 8-mart kuni munosabati bilan tabriklab, qishloq xo‘jaligida ayollarning tutgan o‘rni  hamisha eʼtiborda ekanligini ta'kidlab o'tdi.  Tadbir so'ngida Markazda faoliyat yuritayotgan ayollarga esdalik sovg'alar taqdim etildi.              

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 7-mar, 2025

Turkiya davlatining “TMO” “Tuproqlar mahsulotlari davlat tashkiloti” o‘rtasida hamkorlikda ishlar olib borish yuzasidan muhokamalar olib borildi

Turkiya un sanoati federatsiyasi–(TUSAF) tomonidan tashkil qilingan “Barqaror kelajak” nomli XIX-Xalqaro kongressi doirasida Turkiya davlatining “TMO” “Tuproqlar mahsulotlari davlat tashkiloti” rahbari Axmet Guldan tomonidan don mahsulotlari ustidan nazoratlarni amalga oshirish, mahsulotlarini sifatini baholash, mutaxassislarni malakasini oshirish bo‘yicha xamkorlik ishlashga tayyorligi bildirildi. Shu bilan birga “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM xodimlari “TMO” tashkilotiga qarashli Ankara shahrida joylashgan Don va donmahsulotlarini sinovdan o‘tkazish Markaziy laboratoriyasi bilan yaqindan tanishildi. Mazkur laboratoriyada Delegatsiya a’zolari yangi zamonaviy sinov jihozlarida sinovlar o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etdalar va ICC xalqaro standartlar bo‘yicha don mahsulotlarini baholash usullari bilan tanishishga erishdilar.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 21-fev, 2025

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form