category

News

Markazda "Kasbiy ma'rifat" soatlari o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda "O'zagroinspeksiya"ning tegishli buyruqlariga asosan xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha Vazirlik tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Xukumatining qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ xuquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati to‘g‘risida, hamda sohaga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar", "Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, erishilgan natijalar va istiqbolli vazifalar to‘g‘risida", "Dorivor o‘simliklar yetishtirish sohasiga oid islohotlar, amalga oshirilayotgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar" hamda "Respublikada g‘allachilikni rivojlantirishga oid 2021-2022-yillarda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar mohiyati, amalga oshirilgan natijalar va galdagi vazifalar to‘g‘risida" mavzularida videodarsliklar asosida "Kasbiy ma’rifat" soatlari o‘tkazilib, Markaz xodim va mutaxassislari ushbu mavzularni to‘liq o‘zlashtirishi ta'minlanmoqda.          

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 10-apr, 2023

Markazda favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʼyicha seminarlar davom etmoqda

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha Hukumat komissiyasi yigʼilishining 2023-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 7 aprel kuni Markaziy apparat va don yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.  Seminarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish, oʼt oʼchirish anjomlaridan toʼgʼri foydalanish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtildi.      

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 7-apr, 2023

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha seminarlar davom etmoqda

Xabaringiz bor, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha Hukumat komissiyasi yigʼilishining 2022-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtgandi.  Ushbu mavzudagi seminar Markazning paxta yo'nalishida ham joriy yilning 4 aprel sanasida o'tkazilib, tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib bordi. Seminarda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtildi.      

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 4-apr, 2023

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha seminar boʼlib oʼtdi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyichra Hukumat komissiyasi yigʼilishining 202Z-yil 16-fevraldagi 7-sonli bayoni hamda Markaz direktorining 2023 yil 24 martdagi 27-sonli buyrugʼiga asosan joriy yilning 30 mart kuni Markazning urugʼchilik yoʼnalishida "Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.  Ushbu tadbirni mehnat muhofazasi boʼyicha muhandis O.Miraxmedov olib borib, tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, tabiy va texnogen ofatlar boʼlganda amalga oshiriladigan zarur choralar, xususan xodimlarni ushbu xolatlarda xatti-xarakatlari, jabrlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha batafsil tushunchalar berib oʼtdi.    

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 30-mar, 2023

Марказда коррупцияга қарши курашиш бўйича вебинар бўлиб ўтди

Ходимларнинг касбий маданияти, одоб-ахлоқи, коррупцияга муросасиз муносабатда бўлиш кайфиятини шакллантириш ҳамда Инспекция бошлиғининг тегишли топшириғи ижросини таъминлаш мақсадида, жорий йилнинг 13 март санасида Марказда "Коррупцияга қарши курашишнинг Конституциявий асослари, сиёсатнинг асосий йўналишлари” мавзуси бўйича ўқув-вебинари бўлиб ўтди. Ушбу вебинарда Марказ раҳбарияти, бўлим бошлиқлари ҳамда ҳудудий филиаллар раҳбарлари иштирок этдилар. Мазкур ўқув-вебинарини Коррупцияга қарши курашиш агентлиги масъул ходими Равшан Юлдашев олиб борди ва тадбир иштирокчиларига коррупцияга қарши курашиш соҳасидаги давлат сиёсатининг устувор йўналишлари, коррупцияга қарши курашиш соҳасида Ўзбекистоннинг халқаро индекслардаги ўрни, коррупцияга имкон берувчи сабаблар ва уларнинг олдини олиш бўйича тавсиялар, шунингдек, давлат ташкилотларидаги коррупцияга қарши курашиш ички назорат хизматларининг тутган ўрни бўйича асосий тушунчалар бўйича батафсил тушунтиришлар берилди.        

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 13-mar, 2023

Байрамингиз муборак, азиз аёллар!

"Агросаноат мажмуида хизматлар кўрсатиш маркази" давлат унитар корхонаси барча аёлларни 8 март - Ҳалқаро хотин-қизлар куни билан самимий табриклайди! Бахт, омад, фаровонлик ва бахорий кайфият доимо ҳамроҳингиз бўлсин!

Posted in "News"
Published by agroxizmat on 8-mar, 2023

Poll

Rate organization service
Best
Good
Satisfying
Unsatisfying

Contacts

Address: Uzbekistan, Tashkent, M-14, 27
Phone: +998 (71) 244-87-49
Fax: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Contact form