Aloqa
Joriy yilning 10 sentabr sanasida Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risidagi” Qonunning 16- moddasida belgilab berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘tkazilgan navbatdagi Matbuot-anjumanida Agroinspeksiya va Markazning ma’sul xodimlari ishtirok etdilar. Ushbu matbuot-anjumanini quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Hurmatli vatandoshlar!
“Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi Sizlarni eng ulug‘ va muqaddas bayram – O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi! Sizlarga mustahkam sog‘liq, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonizga fayzu-baraka hamda mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli faoliyatlaringizda ulkan zafarlar tilaydi. Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo va istiqlolimiz abadiy bo‘lsin!
Endilikda "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" davlat unitar korxonasi xizmatlariga endi Payme ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin
Axoli va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada optimallashtirish maqsadida Markaz hamda "Inspired" MCHJ QK (Payme savdo belgisi) bilan tuzilgan shartnomaga asosan Payme ilovasi orqali Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn ravishda oshirish imkoniyati yaratildi.
Onlayn to‘lovlar Markazning Paxta va don mahsulotlari, urug‘liklarni sertifikatlashtirish hamda aprobatsiya xizmatlari uchun qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandi, j) kichik bandi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining 2021 yil 28 iyuldagi I-46-son buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 30 iyul sanasida Markaz direktorining buyrugʼi tasdiqlandi.
Ushbu buyruqga asosan 2021 yil 1 dekabr sanasidan sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan toʼlovlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha miqdorda belgilandi (qonunchilik hujjatlarida toʼlovlar belgilanmagan yoki bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizdan kam miqdorida belgilangan hollar bundan mustasno). Bunda, QR-kod qoʼyilgan, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun toʼlov undirilmasligini taʼminlanishi lozim.
Shuningdek Markaz tomonidan koʼrsatiladigan davlat xizmatlarini belgilangan muddatlarda Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash belgilandi. Davlat xizmatlarini koʼrsatganlik uchun har qanday toʼlovlarning Markaz hisobiga yoʼnaltirilgan qismining kamida 20 foizi Markaz va uning hududiy filiallarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qogʼoz koʼrinishidagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yoʼnaltirilishi belgilandi.
Mazkur buyruqga muvofiq Markazning tegishli boʼlinmalari tomonidan 2022 yil 1 yanvardan aholi va tadbirkorlik subʼektlaridan qator hujjat va maʼlumotlarni talab qilish bekor qilindi va ushbu hujjat va maʼlumotlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʼrab olishi belgilab qoʼyildi.
Марказнинг "Пахта толасини классификациялаш, сертификатлаштириш ва маркетинг" курсларининг, 24 майдан 2 июлгача бўлиб ўтган, 8 кишидан иборат II-2021 гуруҳи тингловчилари жорий йилнинг 2 июль санасида якуний имтихонларни топширишди ва курсларни мувафақиятли якунлашди. Ушбу имтихонларни Марказнинг пахта йўналиши мутахассислари қабул қилишди.
Имтихонлар якунида курс тингловчиларига махсус сертификатлар берилди.
So'rovnoma
Aloqa
Qayta bog'lanish