25-noyabr - Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

BMT Bosh Assambleyasining 1999 yildagi tegishli rezolyusiyasiga binoan “25 noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” sifatida keng nishonlanadi.

 

25-noyabrdan boshlab Toshkentda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi.  Bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan  joriy yilning 26-noyabr kuni Markaz hamda viloyat filiallari ayollari o’rtasida davra suhbati tashkil qilindi.

Suhbatda Shayxontohur tumani hokimi o’rinbosari-oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Ziyoda Nimatullayevna hamda Toshkent davlat Yuridik Universiteti professori, yuridik fanlari doktori Firuza Abdurashidovnalar tashrif buyurdilar.

 

Suhbat davomida Asosiy Qonunimizga ko‘ra  - insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi haqida so’z olib bordilar.

img4949.jpgimg4948.jpg

img4950.jpgimg4951.jpg

Published by agroxizmat on 26-noy, 2024
Все комментарии (0)
Нет комментариев

So'rovnoma

Tashkilot xizmati sifatini baholang
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz

Aloqa

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, M-14, 27 uy
Telefon: +998 (71) 244-87-49
Faks: +998 (71) 244-87-49
E-mail: info@agroxizmat.uz

Qayta bog'lanish